Shu bois ko’p hollarda «103» haydovchilari yo’llarda katta tezlikda yoki yo’l belgilariga rioya etmay harakatlanishiga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatlar avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalar orqali qayd etiladi.
Amaldagi tartibga ko’ra, mazkur holatda maxsus mashina haydovchilari xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan taqdirdagina ma’muriy ish tugatilayotgan edi.
Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o’qishda qabul qilingan — «O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasiga ko’ra, endilikda bunday hujjatlar taqdim etish tartibi bekor qilinib, ularga nisbatan yuritilgan ma’muriy ishlar to’g’ridan-to’g’ri tugatilishi belgilanmoqda.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

