Shahrisabz tumanida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi tadbir tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Z. Esanov rahbarligida bo’lib o’tdi.
🔹 Tadbirda aholini erta profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni ilk bosqichda aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning dolzarbligi qayd etildi. Ayniqsa, qariyalar, homilador ayollar hamda bolali oilalar sog‘lig‘ini muntazam kuzatib borish, suhbat va tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tibbiyot xodimlariga aniq tavsiyalar berildi.
🔹 Z. Esanov profilaktik ishlar ahamiyati, aholi bilan ochiq muloqot samarasi va tibbiy madaniyatni oshirish zarurligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
🩺 Uchrashuv mahalliy tibbiyot xodimlari uchun amaliy tavsiyalar va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.




