“Yangi O‘zbekiston – sog‘lom avlod” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan “Tibbiyotda dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasida muhim islohotlar olib borilmoqda.
Tumandagi tibbiy muassasalarga «Toza qo‘llar» dasturi ijrosiga 104 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘ evaziga tibbiyot muassasalari gigiyena vositalari bilan ta’minlandi.
📍Bugungi kunda Shahrisabz tumanidagi 240 mingdan ortiq aholi yangilangan sharoitda tibbiy xizmatdan foydalanmoqda.
📈 Xizmat sifati sezilarli darajada oshgani aholi tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda.
Xususan,
✅ Birlamchi tibbiy xizmatlar yaxshilandi
✅ Tibbiy ko‘riklar qamrovi kengaydi
✅ Shoshilinch va tez tibbiy yordamning operativligi oshdi
📌 Bu kabi amaliy chora-tadbirlar aholining salomatligiga bo‘lgan ishonch va e’tiborni yanada mustahkamlamoqda.

