So‘nggi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash va raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasiga 24 dona monoblok ko‘rinishidagi zamonaviy kompyuterlar xarid qilindi.
Ushbu texnik vositalar tuman tibbiyot birlashmasining barcha bo‘linmalari, shuningdek, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlariga topshirildi.



