Yangiliklar

“Keksalar haftaligi” munosabati bilan Shahrisabz tumanida tashkil etilgan profilaktik tadbirlar doirasida 668 nafar nuroniy fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, tibbiy ko`rikka borish imkoniyati yo`q nuroniylarga patronaj brigadalar tomonidan uyma-uy ko`riklar amalga oshirildi.

🩺 Ko‘riklar davomida shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir tizimi, qandli diabet, qon bosimi, ko‘z va suyak tizimi kasalliklarining oldini olish yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazildi va aniqlangan kasalliklar bo`yicha har bir bemorga davolash choralari rejali ko`rsatilmoqda.

 

 

Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati