TARIX

Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasining tashkil etilishi

Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yunalishlari to’g’risida»gi PF-3923 sonli Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil 02-oktabrdagi «Respublika tibbiyot muassasalari tashkil etishni takomillashtirish — chora-tadbirlari to’g’risida»gi PK-700— sonli qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2008yil 18.03dagi №48-sonli “Hududiy sog’liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faolyatini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muofiq markaziy tuman kasalxonasi, ko’p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi negizida tashkil etiladi.

Axolisi

Shaxrisabz tumanida yashovchi 232 mingdan oshiqroq axoliga xozirgi kunda jami 480 o'ringa mo'ljallangan 6 ta shifoxonalarda tuman kup tarmoqli markaziy poliklinikasi, sil kasalliklari dispanseri, 8 ta kishlok oilaviy poliklinikalari va 8 ta oilaviy shifokorlik punktlarida tibbiy xizmat ko'rsatilmokda

Tuman markaziy shifoxonasi

Terapiya bulimi-25 o’rinli, Jarroxlik bulimi-25 o’rinli, Bolalar bulimi-30 o’rinli, Shoshilinch tibbiy yordam bulimi-30 o’rinli, Reanimatsiya bulimi-6 o’rinli, Tug’ruqxona bulimi-70 o’rinli, Tug’ruq reanimatsiya bulimi-3 o’rinli, Patologiya bulimi-20 o’rinli, Nevrologiya bulimi-14 o’rinli,

Xodimlar

TTB tarkibidagi jami 6 ta shifoxonalarda 480 ta muqim o’rinlar faoliyat ko’rsatmoqda. Oliy ma’lumotli vrachlar soni 309 ta. Shundan oliy toifa 110 ta, birinchi toifa 43 ta, ikkinchi toifa 30 ta. O’rta tibbiyot xodimlari soni 2070 ta. Shundan oliy toifa 258ta, birinchi toifa 193ta, ikkinchi toifa 386ta

Bizning tariximiz